Bittadan ortiq mashinaga ega oilalarga mol-mulk solig‘ini ko‘proq to‘lash tartibini joriy etish taklif qilindi
Ekologik partiya deputati Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi ortib borayotgani sabab bir qancha takliflar bildirdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Nosirjon Aminov poytaxt havosida ifloslanish darajasi ortib borayotgani tufayli qator takliflar bilan chiqdi.
“2023 yil ham yakuniga yetib boryapti, lekin Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi yaxshilanishidan darak bo‘lmayapti. Tartibsiz qurilishlar sababli daraxtlar kesilishi, transport vositalari soni keskin oshib ketishi baribir o‘z so‘zini aytyapti.Deputat ayrim yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratgan:
Shaharda tartibsiz qurilishlarni yoki avtomobillar harakatlanishini cheklamasak, o‘nglanishimiz qiyin bo‘ladiganga o‘xshab turibdi. Kimgadir yoqar yoki yoqmas, ammo ifloslangan havodan bolalarimiz nafas olishiga tomoshabin bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi”, deydi u.
- Qurilish ishlarini tashkil qilish uchun belgilangan “SanPin” talablariga rioya qilmagan quruvchilar keskin javobgarlikka tortilishi kerak.
- Poytaxt hududida tirbandliklarni bartaraf etish maqsadida avtomobillarning harakatlanishini tartibga solish ishlarini qayta ko‘rib chiqish, hatto vaqtincha bo‘lsa-da shaharga kirishda ayrim cheklovlarni tatbiq qilish zarur.
- Atmosfera havosining ifloslanishi oldini olish maqsadida birdan ortiq avtomobilga ega oilalarga mol-mulk solig‘ini ko‘proq to‘lash tartibini joriy etish maqsadga muvofiq.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











